Янгиликлар
Xizmat tekshiruvi nima
Xizmat tekshiruvi nima
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 302-moddasida xizmat tekshiruvi tushunchasiga ta'rif berilgan. Unga ko‘ra, xizmat tekshiruvi xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilganligi faktini, uning sodir etilishida xodimning aybini, xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilishiga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni, ish beruvchiga yetkazilishi mumkin bo‘lgan moddiy zararning xususiyati va miqdorini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan tekshirishdir.
Shuningdek, xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun ommaviy axborot vositalarining xabarlari, xodimning bevosita rahbarining bildirgisi, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari hamda xodim tomonidan intizomiy qilmish sodir etilgan deb taxmin qilish uchun asos beradigan boshqa ma’lumotlar asos bo‘ladi.
Ish beruvchi xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqida qaror qabul qilishga haqli. Xizmat tekshiruvi o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror tegishli buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
O‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkaziladigan xodim ish beruvchining xizmat tekshiruvi o‘tkazish haqidagi buyrug‘i hamda xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha komissiya tarkibi bilan imzo qo‘ydirib tanishtirilishi kerak.
Qibray tumani Adliya bo‘limi yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti A.To‘qsonov