Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

20

Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi


Maqola

“Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi

“Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni (PF–82-son, 01.06.2023 y.) qabul qilindi

Farmonga koʻra, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va hududlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etildi.

Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga oʻtkaziladi:

2024-yil 1-yanvardan:

Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;

mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari.

2024-yil 1-avgustdan:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidan alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, koʻp tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan oʻquv-tarbiya muassasalari;

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari.

2023-yil 1-iyuldan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etiladi.

2023-yil 15-avgustgacha aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam koʻrsatish dasturlari boʻyicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga maʼlumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyoti joriy etiladi.

2024-yil 1-yanvargacha:

davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni koʻrsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlari;

nogironligi boʻlgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band boʻlgan oila aʼzolariga koʻmaklashish boʻyicha ijtimoiy himoya mexanizmlari ishlab chiqiladi.

2023-yil 1-oktabrgacha “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi ishga tushiriladi.

2023-yil 1-oktabrdan:

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga oʻtkaziladi;

aholiga koʻrsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan kam taʼminlangan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi.

2024-yil 1-yanvardan “Mehr daftari”, “Saxovat va koʻmak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali koʻrsatiladigan ijtimoiy yordam va koʻmaklar qamrab olinadi.

Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi boʻlgan shaxslar hamda yolgʻiz keksalar holidan xabar olish, ularga gʻamxoʻrlik qilish hamda xayriya tadbirlari oʻtkaziladi.

 

Qibray tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti To‘qsonov Azizjon To‘lqin o‘g‘li