Янгиликлар
UY ISHCHILARI XIZMATINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
UY ISHCHILARI XIZMATINING HUQUQIY TARTIBGA SOLINISHI
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 514-moddasida uy ishchilari mehnatining huquqiy tartibga solish asoslari keltirilgan bo‘lib.Eski tahrirdagi kodeksida va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda uy ishchilari so‘zining ma’nosi, ularning faoliyatining huquqiy asoslariga ta’rif berilmagan edi.Amaldagi mehnat kodeksining 514-520 moddalari uy ishchilari xizmatining tushunchasi, mehnat kafolatlari,ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilish asoslari belgilandi. Uy ishchilari bu ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxslarga ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko‘rsatuvchi xodimlar (bog‘bonlar, enagalar, qorovullar, oqsochlar, haydovchilar va boshqalar) hisoblanadi. Uy ishchilari bilan tuziladigan mehnat shartnomalari yozma shaklda tuziladi.Mehnat shartnomasining e’tiborli jihati nomuayyan va muayyan muddatga taraflarning kelishuvi asosida tuzilishi mumkin. Uy ishchisi bilan mehnat shartnomasi uch nusxada tuziladi, ulardan biri ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi, ikkinchisi ish beruvchida qoladi, uchinchisi esa xodimga beriladi. Agar taraflar uy ishchisini oziq-ovqat va uy-joy bilan ta’minlash to‘g‘risida kelishuvga erishgan bo‘lsa, bu shart mehnat shartnomasining mazmuniga kiritilishi kerak. Uy ishchilarini ishga qabul qilish buyruq e’lon qilinmasdan amalga oshiriladi. Uy ishchilariga mehnat daftarchalari yuritilmaydi. Uy ishchisi mehnat shartnomasini ish beruvchi bo‘lgan jismoniy shaxsni yetti kalendar kun oldin yozma shaklda ogohlantirgan holda, o‘z tashabbusiga ko‘ra bekor qilishga haqlidir.Ogohlantirish muddatini taraflar kelishuviga ko’ra o’zgartirilishi mumkin bo‘lib, Uy ishchisini mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risida ogohlantirish muddatlari, shuningdek mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatish nafaqasini hamda boshqa kompensatsiya to‘lovlarini to‘lash hollari va miqdorlari mehnat shartnomasida belgilanadi, agar ular belgilanmagan bo‘lsa, xodimlarga Mehnat kodeksi hamda mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan umumiy kafolatlar tatbiq etilishi belgilangan. Uy ishchilarining yollanib ishlash bo‘yicha ish davrlari uchun ijtimoiy soliq to‘lansa, xodimning mehnat stajiga kiritiladi. Uy ishchisining mehnat stajini hisobga olish ijtimoiy soliq to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi.
Qibray tumani adliya bo‘limi
YHKM boshyuristkonsulti O.Hamrayev