Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Yangi mehnat Kodeksiga asosan har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari, va davomiyligi.


Yangi mehnat Kodeksiga asosan har yilgi mehnat ta’tili tushunchasi va turlari, va davomiyligi.

 

2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 216-moddasiga asosan har yilgi mehnat ta’tili dam olish va ishlash qobiliyatini tiklash uchun ish o‘rni (lavozimi) hamda o‘rtacha ish haqi saqlab qolingan holda xodim ishdan ozod etiladigan, xodimga har yili ish yili davomida beriladigan vaqt davridir.

Barcha xodimlar, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlaydigan xodimlar har yilgi mehnat ta’tiliga chiqish huquqiga ega.

Har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:

asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);

ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili. Usbu kodeksning 217-moddasiga asosan har yilgi asosiy eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.

 

Olmaliq shahar YXKM

bosh yuriskonsulti                                   K.F.Nodirova