Янгиликлар
Xodimni ishga qabul qilish bosqichlari
Xodimni ishga qabul qilish bosqichlari
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 122-moddasiga ko’ra xodimni ishga qabul qilish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
1.Xodim ishga qabul qilish chog‘ida tashkilotning ichki lokal hujjatlari
(jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartib-qoidasi va boshqa mavjud nizom va qoidalar) bilan oldindan tilxat asosida tanishtiriladi.
2.Taraflar o’rtasida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha kelishuvga erishilgach, shartnoma xodim va ish beruvchi tomonidan imzolanadi.
3.Ish beruvchi tomonidan xodimni ishga qabul qilish to‘g‘risida buyruq qabul qilinadi hamda ishga qabul qilish haqidagi ma’lumotlar xodimning mehnat daftarchasiga va «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga kiritiladi.
Ish beruvchining ishga qabul qilish to‘g‘risidagi buyrug‘ining mazmuni xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasining shartlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Buyruq xodimga ish haqiqatan boshlangan kundan e’tiboran uch kunlik muddatda, imzo qo‘ydirib e’lon qilinadi. Xodimning talabiga ko‘ra ish beruvchi unga mazkur buyruqning lozim darajada tasdiqlangan ko‘chirma nusxasini berishi shart.( O’zRMKning 127-moddasi).
Olmaliq shahar YXKM
bosh yuriskonsulti M.M.Ashurova