Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ijtimoiy ta’tillar tushunchasi.


                             Ijtimoiy ta’tillar tushunchasi.

2023-yil 30-aprelda kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 236-moddasida ijtimoiy ta’tillar tushunchasi berilgan bo’lib, unga asosan ijtimoiy ta’tillar - xodimlarga onalik, bolalarni parvarishlash, ta’lim olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, shuningdek boshqa ijtimoiy maqsadlarda beriladigan ta’tillar ijtimoiy ta’tillardir. 237-moddaiga asoan qonunchilikda ijtimoiy ta’tillarning quyidagi turlari mavjud, ya’ni Kodeksga muvofiq xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari (ushbu Kodeksning 404-moddasi);

bola parvarishlash ta’tili (ushbu Kodeksning 405-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari);

o‘quv ta’tili (ushbu Kodeksning 385-moddasining birinchi qismi);

ijodiy ta’tillar (ushbu Kodeksning 387-moddasining birinchi qismi).

Xodimlarga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

Xodim o‘quv ta’tilida (ushbu Kodeks 385-moddasining birinchi qismi) yoki ijodiy ta’tilda (ushbu Kodeks 387-moddasining birinchi qismi) bo‘lgan vaqtida uning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Bundan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til mustasno.

Ayol tug‘ishdan oldingi va tug‘ishdan keyingi ta’tilda bo‘lgan vaqtida (ushbu Kodeksning 404-moddasi) unga qonunchilikda belgilangan miqdorda hamda tartibda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.

Bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga (vasiysiga), buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bola yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri (ota-onaning o‘rnini bosuvchi shaxs) davomiyligi to‘rt kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy ta’tilda bo‘lgan davrida uning ushbu ta’til davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi (ushbu Kodeksning 401-moddasi).

 

Olmaliq shahar YXKM

bosh yuriskonsulti                                   K.F.Nodirova