Янгиликлар
Haqorat qilganlik uchun javobgarlikka tortishadimi?
Haqorat qilganlik uchun javobgarlikka tortishadimi?
Javob: Haqorat qilganlik - shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitganlik yoki beodoblik bilan qasddan tahqirlaganlik uchun qonunchilikda ma’muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksida fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiladigan huquqbuzarliklar uchun Ma’muriy javobgarlik belgilangan bo‘lib, Kodeksning 41-moddasida Haqorat qilish tushunchasi va unga belgilangan jazo turi aniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan.
Haqorat qilish:
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan qirq baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Agar ushbu huquqbuzarlik bir yil ichida takroran sodir etilsa huquqbuzarga nisbatan jinoiy javobgarlik belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat Kodeksida SHaxsning ozodligi, sha’ni va qadr-qimmatiga qarshi jinoyatlar belgilangan bulib, Kodeksning 140-moddasida Haqorat qilish tushunchasi va unga belgilangan jazo turi aniq qilib ko‘rsatib qo‘yilgan.
Haqorat qilish:
Haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlash, basharti, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali haqorat qilish —
bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yildan ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat qilish:
a) jabrlanuvchini o‘z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan bog‘liq holda;
b) xavfli retsidivist tomonidan yoki tuhmat qilganligi uchun ilgari sudlangan shaxs tomonidan qilingan bo‘lsa, —
bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanadi.
Olmalik shaxar YUXKM
bosh yuristkonsulti A.Anarbaev