Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash va mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish taribi.


Mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqi to‘lash va mehnat ta’tilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish taribi.

O’zbekiston Respublikasining amaldagi Mehnat kodeksining 233-moddasiga asosan xodimga har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanadi.

Har yilgi mehnat ta’tili vaqti uchun haq to‘lash jamoa shartnomasida, ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan muddatlarda, biroq ta’til boshlanguniga qadar oxirgi ish kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Ushbu kodeksning 234-moddasiga asosan esa mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanishi belgilangan.

Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili uchun ta’tilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya to‘lanishi mumkin.

O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy ta’tillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat ta’tillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qo‘shimcha ta’tillardan asli holida foydalaniladi hamda mehnat davrida ularni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

 

Olmaliq shahar YXKM

bosh yuriskonsulti                                   K.F.Nodirova