Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari


           Qarz oluvchi tomonidan qarz shartnomasini buzish oqibatlari

 

Qarz oluvchi qarz summasini vaqtida qaytarmagan hollarda Fuqarolik Kodeksning 734-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan foizlar to‘langan bo‘lishidan qat’i nazar, qarz qaytarib berilishi kerak bo‘lgan kundan boshlab to u qarz beruvchiga qaytarib berilgan kungacha bu summa yuzasidan Fuqarolik Kodeksning 327-moddasi birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan miqdorda foizlar to‘lanishi kerak.

Agar qarz shartnomasida qarzni qismlab (bo‘lib-bo‘lib) qaytarish nazarda tutilgan bo‘lsa, qarz oluvchi qarzning navbatdagi qismini qaytarish uchun belgilangan muddatni buzgan taqdirda, qarz beruvchi qarzning qolgan barcha summasini tegishli foizlar bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.

Agar qarz shartnomasida qarz bo‘yicha foizlarni qarzning o‘zini qaytarish muddatidan oldin to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, bu majburiyat buzilgan taqdirda, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini tegishli foizlari bilan birga muddatidan oldin qaytarishni talab qilishga haqli.

Qarz oluvchi pul yoki boshqa ashyolarni qarz beruvchidan amalda olmaganligini yoki shartnomada ko‘rsatilganidan kam miqdorda olganligini isbot qilib, qarz shartnomasi yuzasidan da’volashishga haqli.

Yozma shaklda tuzilishi lozim bo‘lgan qarz shartnomasi yuzasidan guvohlarning ko‘rsatmalari yordamida da’volashish mumkin emas, shartnoma aldash, zo‘rlik ishlatish, tahdid qilish, qarz oluvchining vakili qarz beruvchi bilan yomon niyatda kelishishi yoki qiyin vaziyatlar ta’sirida tuzilgan hollar bundan mustasno.

Agar qarz oluvchi qarz shartnomasi yuzasidan da’volashuvi jarayonida pul yoki boshqa ashyolar haqiqatan ham qarz beruvchidan olinmaganligi aniqlansa, qarz shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Qarz oluvchi qarz beruvchidan pul yoki boshqa ashyolarni shartnomada ko‘rsatilganidan amalda kam miqdorda olgan hollarda shartnoma ana shu miqdordagi pul yoki ashyolarga tuzilgan hisoblanadi.

Qarz oluvchining majburiyatlari bajarilishini ta’minlash

Qarz oluvchi qarz summasining qaytarib berilishini ta’minlash yuzasidan qarz shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmasa, shuningdek qarzning ta’minoti qarz beruvchi javobgar bo‘lmagan vaziyatlarda yo‘qotilsa yoki uning shartlari yomonlashsa, agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi qarz oluvchidan qarz summasini muddatidan oldin qaytarishni va tegishli foizlarni to‘lashni talab qilishga haqli.

 

Olmaliq shahar adliya bo‘limi

YUXKM boshlig’I R.Xamrayev