Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Ijtimoiy ta’tillar


Ijtimoiy ta’tillar237-модда. Қонунчиликда белгиланган ижтимоий таътиллар

237-модда. Қонунчиликда белгиланган ижтимоий таътиллар

Xodimlar quyidagi ijtimoiy ta’tillarni olish huquqidan foydalanadi:

homiladorlik va tug‘ish ta’tillari, bola parvarishlash ta’tili, o‘quv ta’tili, ijodiy ta’tillar

Xodimlarga ijtimoiy ta’tillarni berish xodimning mehnat stajiga, u bajaradigan ishning joyi va xususiyatiga, ish beruvchining tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq emas.

Xodim o‘quv ta’tilida bo‘lgan vaqtida uning o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi. Bundan oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirganda beriladigan ish haqi saqlanmaydigan ta’til mustasno.

Ayol tug‘ishdan oldingi va tug‘ishdan keyingi ta’tilda bo‘lgan vaqtida unga qonunchilikda belgilangan miqdorda hamda tartibda homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanadi.

Bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarishlash ta’tilida bo‘lgan davrida bolani haqiqatda parvarishlayotgan bolaning ota-onasidan biriga, buvisiga, bobosiga yoki boshqa qarindoshiga qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda bolani parvarishlash nafaqasi to‘lanadi.

O‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq nafar bola yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biri davomiyligi to‘rt kalendar kun bo‘lgan har yilgi ijtimoiy ta’tilda bo‘lgan davrida uning ushbu ta’til davri uchun o‘rtacha ish haqi saqlanib qoladi.

bolani parvarishlash ta’tillari mustasno, navbatdagi har yilgi mehnat ta’tilini olish huquqini beradigan ish stajiga kiritiladi.

 

 

Olmaliq shaxar YUXKM

bosh yuristkonsulti                                                                     A.Anarbaev