Янгиликлар
QURILISH SOHASIGA OID XIZMAT KO’RSATISHDA YANA BIR QULAYLIK
QURILISH SOHASIGA OID XIZMAT KO’RSATISHDA YANA BIR QULAYLIK
Mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasida xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxlarga qulaylik yaratish maqsadida o‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200 sonli qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarori tasdiqland. Bunda qarorning 2-ilovasiga muvofiq
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish MA’MURIY REGLAMENTI asosan quyidagicha amalga
Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berish tartibini belgilaydi.
Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining so‘roviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Quyidagi hollarda rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi:
binolarning mustahkamligi va zilzilabardoshliligiga ta’sir qiluvchi yuk ko‘tarib turuvchi qismlarining o‘zgarishiga olib kelmaydigan qayta rejalashtirish (ko‘p kvartirali uydagi joylarni qayta rejalashtirish bundan mustasno);
poydevor maydonini o‘zgartirmasdan yengil turdagi qurilmalar va vaqtinchalik qurilmalarni qurish va rekonstruksiya qilish.
Bunda loyiha hujjatlari tuman (shahar) qurilish bo‘limlari bilan (arxitektura rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqmasdan) kelishiladi. Obyektni foydalanishga qabul qilish talab etilmaydi.
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni tegishli ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar o‘rtasidagi axborot almashuv ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Turar joyni noturar joy toifasiga o‘tkazish nazarda tutilganda so‘rovnomaga turar joyga birgalikda egalik qiluvchilarning (agar mavjud bo‘lsa) notarial tasdiqlangan yozma roziligi ilova qilinadi.
Ariza beruvchidan ushbu bandda ko‘rsatilmagan ma’lumotlar hamda boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ariza beruvchi zarur ma’lumotlarni so‘rovnomaga kiritganidan so‘ng uni o‘z ERI bilan tasdiqlaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlashi mumkin.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Yig‘im to‘langanligini tasdiqlash elektron amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rmasdan qoldiriladi. Bunda to‘langan yig‘im summasi qaytarilmaydi.
O‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazlari so‘rovnoma to‘ldirilgan vaqtdan boshlab real vaqt rejimida uni vakolatli organga yuboradi.
YIDXP orqali murojaat qilinganda so‘rovnoma vakolatli organga avtomatik tarzda yuboriladi.
Vakolatli organga so‘rovnoma tushganidan so‘ng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini o‘rganadi va QR-kod qo‘yilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Vakolatli organ tomonidan rad etish normativ-huquqiy hujjatning yoki shaharsozlik normalari va qoidalarining nomi, uning qismi, bandi, kichik bandi yoki xatboshisiga asoslangan bo‘lishi talab etiladi.
Ruxsatnoma elektron ko‘rinishda rasmiylashtiriladi va vakolatli organning ERIsi bilan tasdiqlanadi.
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida zaruratga ko‘ra ko‘chmas mulk obyektining kadastr hujjatlarini tekshirishi talab etilganda Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali real vaqt rejimida ko‘chmas mulk obyektiga oid zarur ma’lumotlar va kadastr hujjatlarini mustaqil ravishda (yuklab) olishi mumkin.
Agarda, Kadastr agentligining axborot tizimi bilan integratsiya qilingan Qurilish vazirligining “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali obyektning kadastr hujjatlari to‘g‘risidagi zaruriy ma’lumotlarni olishni imkoni bo‘lmagan (ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lmaganda) taqdirda, ariza vakolatli organ tomonidan hududiy kadastrlar palatasining obyekt to‘g‘risida taqdim etadigan yozma ma’lumotnomasi asosida ko‘rib chiqiladi.
Ariza beruvchi vakolatli organga obyektni o‘rganish uchun imkoniyat yaratib berishi talab etiladi.
Vakolatli organning obyektni joyiga borib o‘rganib chiqishi butun bino va inshootni yoki ularning qismlarini va ularga biriktirilgan yer uchastkasini, shuningdek, ularga tutash hududni hamda bino va inshootlarni vizual ko‘rikdan (zarurat bo‘lganda, maxsus uskunalar va asboblardan foydalangan holda) o‘tkazishdan iborat bo‘ladi.
Vakolatli organ o‘rganish davomida bino va inshoot o‘zboshimchalik bilan qurilmaligini aniqlash uchun bino va inshootni tekshiruvdan o‘tkazadi, ariza beruvchining so‘rovnomasidagi va kadastr hujjatlaridagi ma’lumotlarni bino va inshootning haqiqiy holati bilan taqqoslaydi.
Shuningdek, obyektda quyidagilar o‘rganiladi:
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt bosh rejaga muvofiqligi;
shaharsozlik hujjatlarisiz amalga oshirilgan qurilish-montaj ishlari mavjudligi;
muhandislik tarmoqlari yoki muhofaza zonalarida obyektni joylashtirish rejalashtirilganligi;
qurilayotgan obyekt uchun shaharsozlik talablari bo‘yicha yer maydoni yetarli ekanligi;
bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan obyekt hududning shaharsozlik hujjatlarida belgilangan zonalashtirishga muvofiq joylashganligi;
qurilishi rejalashtirilayotgan obyekt uchun ajratilgan yer maydoni nizoli bo‘lgan taqdirda, mazkur nizo mazmunan hal etilganligi to‘g‘risidagi qonuniy kuchga kirgan sud organining qarori yoxud nizolashuvchi taraflarning yozma ravishda rasmiylashtirilib tasdiqlangan kelishuv bitimi mavjudligi;
sanitariya qoidalari va normalariga mos ekanligi;
qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish rejalashtirilayotgan o‘z hududida ko‘p yillik daraxtlar mavjud bo‘lgan taqdirda qurish uchun ekologiya organlarining tegishli ijobiy xulosasi mavjudligi.
Quyidagilar vakolatli organ tomonidan ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;
davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lanmaganligi;
bino va inshootning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish qonunchilik hujjatlari talablariga, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalariga hamda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq emasligi;
obyektni o‘rganish uchun vakolatli organga imkoniyat yaratilmaganligi;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu ko‘chmas mulk obyektida nizolar borligidan dalolat beruvchi sud hujjatlarining mavjudligi;
vakolatli organ tomonidan ko‘chmas mulk obyektiga taqiq, xatlov yoki garovga (ipotekaga) qo‘yilganligi;
loyihalashtirish nazarda tutilgan qurilish-montaj ishlari ruxsatnoma olgunga qadar o‘zboshimchalik bilan boshlangan bo‘lsa;
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organda ushbu yer uchastkasi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda olib qo‘yilganligi haqidagi ma’lumotlarning mavjudligi;
ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaganligi.
Bunda yer uchastkasi yoki bino va inshootning biri davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lsa, rad etish taqiqlanadi.
Davlat xizmatlarini ko‘rsatishni boshqa asoslarga ko‘ra rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma berish rad etilgan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida davlat xizmati ko‘rsatish uchun yig‘imni to‘lamasdan ko‘rsatilgan kamchilikni bartaraf etib ruxsatnoma olish uchun qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Ruxsatnoma berishni rad etish uchun asos bo‘lgan sabablar ariza beruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda, ruxsatnoma so‘rovnoma takroran berilgandan so‘ng vakolatli organ tomonidan besh ish kunidan oshmagan muddatda beriladi.
Ruxsatnomani berish masalasini takroran ko‘rib chiqishda vakolatli organ tomonidan avvalgi rad etish asoslarida bayon etilmagan sabablarning keltirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, avval ko‘rsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi ma’lumotlar bilan bog‘liq rad etish sabablari keltirilishi bundan mustasno.
. Vakolatli organ ruxsatnomani u rasmiylashtirilgan kunda Davlat xizmatlari markaziga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
Ushbu ruxsatnomada arxitektura-rejalashtirish topshirig‘i ishlab chiqilishi, loyiha-smeta hujjatlari kelishilishi, rekonstruksiyasi tugallangan bino va inshootlarni noturar joyga kadastr pasportini qayta shakllantirish, foydalanishga qabul qilish hamda unga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida talablar ko‘rsatiladi.
Turar joyni noturar joyga yoki noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini o‘zgartirishda binoni rekonstruksiya qilish nazarda tutilmasa, vakolatli organ ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsatnomani rasmiylashtiradi.
27. Noturar joyni turar joyga ixtisoslashishini o‘zgartirishga ruxsatnomani rasmiylashtirishda vakolatli organ tomonidan rekonstruksiya qilish zarurati mavjudligi aniqlansa, ushbu Reglamentga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
Ushbu ruxsatnomada uy-joyni rekonstruksiya qiladigan uy-joy mulkdorlariga yakka tartibda uy-joyni (ko‘p kvartirali uylardagi kvartiralar) rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini kelishish va rekonstruksiyasi ishlari yakunlangan uy-joyni foydalanishga qabul qilish haqida talablar ko‘rsatiladi.
28. Kapital bino va inshootlarning, shuningdek, alohida xonalarning ixtisoslashishini o‘zgartirishga o‘ziga tegishli yer uchastkasida qo‘shimcha kapital bino va inshootlarni qurishga, mavjud bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishga hamda ularni to‘liq yoki qisman buzgan holda o‘rnida yangi bino va inshootni qurish uchun ruxsatnomani rasmiylashtirish ushbu Reglamentga 6-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha amalga oshiriladi.
Agar ruxsatnomada obyektni rekonstruksiya qilmasdan faqat ixtisoslashishini o‘zgartirish ko‘rsatilgan bo‘lsa, bu kadastr organlarining hududiy filiallari tomonidan belgilangan tartibda kadastr pasportini qayta shakllantirishga asos bo‘ladi hamda ushbu Reglamentga 4-ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha ruxsatnoma rasmiylashtiriladi.
29. Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Bekobod shahar davlat xizmatlari markazi direktori M.Nurmatov