Янгиликлар
QURILISH SOHASIGA OID XIZMAT KO’RSATISHDA YANA BIR QULAYLIK
QURILISH SOHASIGA OID XIZMAT KO’RSATISHDA YANA BIR QULAYLIK
Mamlakatimizda davlat xizmatlari sohasida xizmat ko’rsatish tizimini takomillashtirish, yuridik va jismoniy shaxlarga qulaylik yaratish maqsadida O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasining 2022 yil 20 apreldagi 200 sonli qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida qarori tasdiqland. Bunda qarorning 2-ilovasiga muvofiq
Bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish MA’MURIY REGLAMENTIga asosan quyidagicha amalga
Ushbu Reglament yuridik va jismoniy shaxslarning bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnomalar berish tartibini belgilaydi.
Ruxsatnoma 2 yil muddatga beriladi, agarda ruxsatnoma talablari 2 yil muddatda bajarilmasa buyurtmachining so‘roviga asosan ruxsatnoma bergan organ tomonidan qaytadan ko‘rib chiqiladi.
Ruxsatnoma tuman (shahar) qurilish bo‘limlari tomonidan beriladi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organlar o‘rtasidagi axborot almashuv ERIdan foydalangan holda faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi ruxsatnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi.
Ruxsatnoma olish uchun arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’iy nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlari kelib tushganda navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga kelib tushgan va qabul qilingan kun hisoblanadi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — ariza beruvchi mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq davlat xizmatidan foydalanish uchun so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
Davlat xizmati ko‘rsatilganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi. Yig‘im to‘langanligini tasdiqlash elektron amalga oshiriladi.
Vakolatli organga so‘rovnoma tushganidan so‘ng yetti ish kuni mobaynida obyektni joyiga borib bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurish imkoniyatlari mavjudligini o‘rganadi va QR-kod qo‘yilgan ruxsatnomani beradi yoki rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda ruxsatnoma berishni rad etadi.
Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma kelib tushgandan so‘ng real vaqt rejimida uni ariza beruvchining elektron manziliga yuboradi va (yoki) ariza beruvchini bu haqida elektron tarzda xabardor qiladi.
Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat qilgan taqdirda, ariza beruvchining so‘roviga ko‘ra unga ruxsatnomani elektron shaklda yoki qog‘oz shaklda taqdim etishi mumkin.
Bekobod shshar Adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi direktori Murodqosim Muxammadovich Nurmatov