Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Endilikda qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshirishlari mumkin


 

 

Endilikda qishloqlardagi chet tillarini o'rgatuvchi nodavlat ta'lim tashkilotlari my.gov.uz orqali subsidiyaga ariza topshirishlari mumkin

          Hukumat qarori (513-son, 20.09.2022-y.) bilan Qishloq hududlarida xorijiy tillarni o'qitish faoliyatini tashkil etish uchun nodavlat ta'lim tashkilotlariga mahalliy byudjet mablag'lari hisobidan bir martalik subsidiya ajratish bo'yicha davlat xizmati ishga tushdi.

           Subsidiya nodavlat ta'lim tashkilotlariga quyidagi maqsadlarda ajratiladi:

-bino va o'quv xonalarini zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari, mebel, asbob-uskunalar, o'qitishning texnik vositalari va boshqa anjomlar bilan jixozlashga;

-zarur darsliklar, o'quv-metodik adabiyotlar va boshqa kutubxona-axborot resurslari hamda vositalari bilan ta'minlash, ta'lim jarayonini tashkil etishga jalb etiladigan pedagog kadrlar mehnatiga haq to'lashga.

          Nodavlat ta'lim tashkiloti subsidiya olish uchun kalendar yilning har choragi birinchi oyining       10-sanasigacha YIDXPda elektron ro'yxatdan o'tgan holda murojaat qiladi.

 

 

Bekobod shahar Adliya bo’limi boshlig’i                      X.Bibayev