Янгиликлар
KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA SANATORIYLARDA DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMALAR BERISH TARTIBI
KEKSALAR VA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA SANATORIYLARDA
DAVOLANISH UCHUN YO‘LLANMALAR BERISH TARTIBI
Mamlatatimizda keksalar va nogironligi bo’lgan shaxslarga bugungi kunda keng imkoniyatlar yatilmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-noyabrdagi 693-son qaroriga asosan Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish quyidagicha amalga oshiriladi. Yo‘llanmalar O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarga beriladi.
Davlat xizmati Davlat xizmatlari markazlari yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali Agentlikning tuman (shahar) tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limlari tomonidan ko‘rsatiladi. Yo‘llanmalar umumiy soni sanatoriylarning mavjud o‘rinlari hamda tegishli moliya yilida Davlat budjetidan yo‘llanmalar uchun maqsadli tartibda nazarda tutiladigan budjet mablag‘lari doirasida belgilanadi.
Yo‘llanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi:
urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlari (beva erlari);
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslar;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar;
I va II-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ko‘zi ojiz I-guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar;
yoshga doir pensiya oluvchilar. .
Yo‘llanmalarni berish davriyligi (birlamchi murojaat etganlar bundan mustasno) quyidagilardan iborat bo‘ladi:
a) har yili — navbat asosida:
urush nogironlariga tenglashtirilgan shaxslarga;
respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil AES halokati sababli nogiron bo‘lib qolgan shaxslarga;
yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarga;
o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalarga;
b) ikki yilda bir marotaba — navbat asosida:
urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga;
halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan o‘tmagan beva xotinlariga (beva erlariga);
I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga, ko‘zi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxsga;
v) uch yilda bir marotaba — navbat asosida yoshga doir pensiya oluvchilarga.
Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar yoki ularning vakillari davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat etadilar yoki davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadilar. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari yoki vakillari kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa — mustaqil tarzda belgilangan shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradilar. So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
imtiyozdan foydalanish huquqini beruvchi hujjat (pensiya guvohnomasi, mavjud bo‘lsa, ushbu Reglamentning 4-bandida nazarda tutilgan holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi;
tibbiy ma’lumotnoma (davolovchi shifokor tomonidan beriladigan sanatoriy-sog‘lomlashtirish tavsiya etiladigan ma’lumotnoma).
Quyidagi kasalliklar mavjud bo‘lganda shaxsga tibbiy ma’lumotnoma berilmaydi:
bemorning o‘zi va atrofdagilar uchun xavfli bo‘lgan qo‘pol va xulqiy buzilishlar bilan kechadigan ruhiy kasalliklar, xususan tez-tez (har oyda 5-martadan ko‘p) tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik kasalliklar;
jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
yuqumli teri va soch kasalliklari;
o‘tkir yuqumli kasalliklar;
salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
tanosil kasalliklari.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi. So‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi davlat xizmati ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
Yo‘llanmalar sanatoriylarning mavjud o‘rinlaridan kelib chiqqan holda ajratilgan budjet mablag‘lari doirasida navbat asosida beriladi. Yo‘llanmalar keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 12 kunga, yo‘llanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga ko‘ra qaytarilgan yo‘llanmalar bundan mustasno) beriladi.
Bekobod shahar adliya bo’limi
Davlat xizmatlari markazi dikertori Murodqosim Murmatov