Янгиликлар
Sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma qanday olinadi
Sudlanganlik yoki sudlanmaganlik haqida ma’lumotnoma qanday olinadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 oktyabrdagi "Ichki ishlar organlari sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatishning ayrim ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 797-son qarori asosida tartibga solinib
Mazkur ma’muriy reglament (keyin o‘rinlarda — Reglament) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga (keyingi o‘rinlarda — ariza beruvchilar) Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga ko‘ra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid ma’lumotnoma berish bo‘yicha davlat xizmati (keyingi o‘rinlarda — davlat xizmati) ko‘rsatish tartibini belgilaydi.
Davlat xizmatlari markazlari va vakolatli organ o‘rtasidagi axborot almashinuvi elektron raqamli imzoni (keyingi o‘rinlarda ERI deb ataladi) majburiy tartibda qo‘llash orqali faqat idoralararo elektron o‘zaro bog‘lanish yordamida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.
Ariza beruvchi yoki uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, esa, mustaqil ravishda Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron ravishda to‘ldiradi. Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda so‘rovnomaga notarial tasdiqlangan ishonchnoma ilova qilinadi.
Bunda uchinchi shaxs manfaati uchun shartnoma (order) asosida advokatlar tomonidan murojaat qilinganda notarial tasdiqlangan ishonchnoma talab etilmaydi.
O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.
Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, ushbu bandning birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.
Shuningdek Davlat xizmatlari markazlarida barcha sharoitlarga ega o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari ham mavjud bo’lib xar bir fuqaro o’zi xizmatlardan foydalanishi mumkin
Bekobod shahar davlat xizmatlari markazi direktori M.Nurmatov