Янгиликлар
Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qoʻllaniladi
Soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar faqat sud tomonidan qoʻllaniladi
Qarorga muvofiq, 2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga miqdori 10 million soʻmdan yuqori boʻlgan soliqqa oid huquqbuzarliklar uchun, agar tadbirkorlik subyekti huquqbuzarlikni inkor etsa, moliyaviy sanksiyalarni faqatgina sud tartibida qoʻllash amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.
2024-yil 1-yanvardan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga hosilni sugʻurtalashda sugʻurta mukofotining 50 foizi miqdorida subsidiya berish;
“Izlanish va rivojlanish” markazlari uchun ular tashkil etilgan kundan 3 yil muddatga mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan summaning 1 foizini toʻlash, ularning xodimlari uchun ijtimoiy soliq stavkasini 1 foiz miqdorida hisoblash;
davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan tashkilotlar tomonidan har yili amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari qiymatining kamida 5 foizini obligatsiyalar chiqarish orqali moliyalashtirish.
2024-yil 1-yanvardan jismoniy va yuridik shaxslarga QQSni toʻliq qaytarish tizimi quyidagilar hisobidan kengaytiriladi:
xorijiy turistlarga – Oʻzbekiston xalqaro aeroportlarida Oʻzbekistonda sotib olingan va “Tax free” tizimi boʻyicha rasmiylashtirilgan mahsulotlar uchun;
tur-operatorlarga – xorijiy kontragentlar bilan shartnomalar doirasida koʻrsatilgan eksport xizmatlari uchun.
2023-yil 1-noyabrdan:
ijobiy ekologik ekspertiza xulosasini olmagan obyektlarga nisbatan moliyalashtirish, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini toʻxtatib turish mexanizmi joriy etiladi;
ekologik huquqbuzarlik sodir etganlarga nisbatan zararni qoplash bilan bir qatorda, zarar yetkazilgan tabiat obyektini tiklash va uning muayyan muddat davomida muhofaza qilinishini taʼminlash majburiyati yuklatiladi.
2024-yil 1-yanvardan:
▫️respublikaning uzoq muddatli suv balansi prognozini yuritish, suv resurslarini tejash dasturlarini qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi;
▫️Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilariga suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish uchun kreditlar 10 foiz stavkada (foiz stavkalarini subsidiyalash hisobiga) ajratiladi.
Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM
Bosh yuriskonsulti
A.Teshaboyev