Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi


 

 

 

“Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi

 

“Shaharsozlik faoliyati sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish hamda 2023–2027-yillarda aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish dasturlarini tasdiqlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–299-son, 11.09.2023-y.) qabul qilindi

Hududlarni shaharsozlik jihatidan rejalashtirishga doir ishlab chiqiladigan hujjatlarning quyidagi darajalari belgilandi:

birinchi darajada – hududlarning raqobat ustunliklari va barqaror rivojlanish drayverlarini aniqlab beruvchi Oʻzbekiston hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, Aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi;

ikkinchi darajada – shaharlar (shaharchalar) va shahar atrofi zonalari integratsiyasi asosida shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, shuningdek, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari ishlab chiqiladi;

uchinchi darajada – hududlarning aniq muammolarini bartaraf etishga yoʻnaltirilgan, oʻzida shaharsozlik, ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa loyiha yechimlarini mujassamlashtirgan master rejalari yoki batafsil rejalashtirish loyihalari ishlab chiqiladi.

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzurida davlat muassasasi shaklida Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish respublika markazi tashkil etildi.

Markaz Davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi.

2024-yil 1-iyulgacha “Mening hududim” elektron platformasi ishlab chiqiladi.

Platformada aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini va master rejalarini ishlab chiqishda jamoatchilik fikrini oʻrganish hamda ovoz berish mexanizmi joriy etiladi.

 

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi YUXKM

Bosh yuriskonsulti

A.Teshaboyev