Янгиликлар
“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?
“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?
Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga
tushirilgan. Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida IOS va android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.
Davlat xizmatlari soxasida amalga oshirilayotgan va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan chora-tadbirlarning barchasi inson huquq va erkinliklarining himoya qilinishiga va ularning qonuniy manfaatlari ishonchli ta’minlanishiga xizmat qiladi.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi bo’lim boshlig’i A.Ergashov