Янгиликлар
Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish tartibi to`g`risida
Bolalarni davlat maktabgacha ta`lim muassasalariga qabul qilish
tartibi to`g`risida
Ma’lumki so‘ngi vaqtlarda davlat xizmatlari markazlari jadal sur’atlarda o‘sib bormoqda. Mazkur davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro yaqin hamkorlik tizimi o‘rnatilib, idoralararo axborot almashuvi infratuzilmasidan foydalangan holda davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida elektron hujjat aylanishi tartibi joriy qilindi va takomillashtirildi. Shu bilan birga davlat xizmatlari soni ham ko‘paymoqda, bu esa o‘z-o‘zidan davlat xizmatlari markazlarida navbatlarning ko‘payishiga olib keladi.
Ota-onalar, ularning o`rnini bosuvchi shaxslar (farzandlikka oluvchilar, vasiylar va xomiylar ), bolalarning yaqin qarindoshlari (bobosi, buvisi, voyaga yetgan akasi yoki opasi) yoki uchinchi shaxslar (ariza beruvchilar) yollanmalar olish uchun davlat xizmatlari markazlariga o`zlari kelib murojaat qiladi yoki Yagona intekrativ davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) dan ro`yxatdan o`tadi.
So`rovnoma to`ldirilib ,avtomatik ravishda Maktabgacha ta`limni boshqarish axborot tizimiga yuboriladi, tegishli tashkilot va guruhda bo`sh ish o`rin bo`lganda - yollanma shakllantiriladi, bo`sh o`rin bo`lmaganda so`rovnoma tegishlicha umumiy yoki imtiyozli ro`yhatga kiritiladi hamda xabarnoma shakllantiriladi.
Imtiyozli ro`yxatga kiritiladigan bolalar kontingenti, I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarning bolalari, ko`p bolali oilalarning bolalari, yetim bolalar yoki ota onasining qarovisiz qolgan bolalari, “Ayollar daftari” ga kiritilgan ijtimoiy ximoya muxtoj yolg`iz ayollarning bolalari , kontrakt bo`yicha harbiy xizmatchilarning va ichki ishlar organlari xodimlarining bolalari , talabalar va pedagoglarning bolalari, akalari yoki opalari ushbu muassasaning tarbiyalanuvchilari jumlasidan bo`lgan bolalar, kop tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha tashkilotlardan umumiy turdagi maktabgacha tashkilotlarga o`tkazilayotgan sog`aygan bolalardan iboratligini ma`lum qilamiz.
***********
Chinoz tuman adliya bo’limi
davlat xizmatlari markazi mutaxassisi D.Kodirova