Янгиликлар
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi doirasida ayrim qonunchilik hujjatlari Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi
Oʻzbekistonning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishi doirasida ayrim qonunchilik hujjatlari Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirildi
Prezident farmoni (PF–140, 15.08.2023 y) bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritildi
Shunga koʻra:
2024-yil 1-yanvardan alohida davlatlardan olib kiriladigan mahsulotlarning muvofiqligini majburiy baholashdan ozod etish tartibi bekor qilinadi;
2024-yil 1-yanvardan import tovarlarni davlat tilida markirovka qilish tartibiga oʻzgartirish kiritiladi;
2025-yil 1-yanvardan dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini import qilishda bojxona qiymatining 1,2 foizi miqdorida bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻim bekor qilinadi.
Shuningdek, quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflar ishlab chiqiladi:
2023-yil 1-oktyabrgacha tovarlarni import qilish uchun litsenziya berish jarayonini avtomatlashtirish (raqamlashtirish) boʻyicha;
2024-yil 1-yanvargacha transport xarajatlarini kompensatsiya qilish uchun subsidiya berish tizimini Jahon savdo tashkiloti talablariga moslashtirish boʻyicha;
2023-yil 1-noyabrgacha tovarlarni “eksport” va “import” bojxona rejimlariga rasmiylashtirish uchun undiriladigan bojxona yigʻimlari stavkalarini Jahon savdo tashkiloti talablariga muvofiq birxillashtirish boʻyicha.
Chinoz tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat
koʻrsatish Markazi bosh yuriskonsulti
D.Nurullayev