Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi


Import avtomobillarni faqat ularning rasmiy dilerlari tomonidan sotilish talabi bekor qilindi

 

"Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tizimi soddalashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori (382-son, 14.08.2023 y) qabul qilindi

Qarorga koʻra:

yangi import avtomobillar faqat yuridik shaxslar - ishlab chiqaruvchi korxonalarning rasmiy dilerlari tomonidan sotilishi bekor qilinadi;

elektr energiyasini elektr taʼminoti shartnomasida belgilangan hajmlardan (oylik shartnomaviy miqdordan) ortiqcha isteʼmol qilgan yuridik shaxslarga elektr energiyasi yetkazib berishni toʻxtatib qoʻyish amaliyoti tugatiladi;

tadbirkorning ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, kreditorlarni yozma ravishda xabardor qilish va ommaviy axborot vositalarida bu haqda eʼlon berish talabi bekor qilinadi;

soliq toʻlovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari boʻyicha qabul qilgan qarorlari ustidan toʻgʻridan-toʻgʻri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.

 

Chinoz tumani adliya boʻlimi yuridik xizmat

koʻrsatish Markazi bosh yuriskonsulti

D.Nurullayev