Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ta’til davrida xodimlarga ta’til pulidan boshqa to’lovlar amalga oshiriladimi?


Ta’til davrida xodimlarga ta’til pulidan boshqa to’lovlar amalga oshiriladimi?

Ta’til davrida xodimlarga ta’til pulidan boshqa hech qanday pul to‘lanmaydi.

Birinchidan, bu oddiy mantiq qoidalariga zid. Chunki ish haqi, ustama yoki qo‘shimcha haq (sinf rahbarlik uchun to‘lanadigan pul ham shuning ichida) xodimga muayyan mehnat majburiyatini bajargani tufayli to‘lanadi. Ta’til davrida esa xodim o‘zining mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod bo‘ladi (Mehnat kodeksi 201-moddasi).

Shunday ekan bu davrda xodimga yuqoridagi to‘lovlar to‘lanmaydi. Ularning o‘rniga esa ta’til puli to‘lanadi.

Mehnat kodeksining 233-moddasida har yilgi mehnat ta’tilida bo‘lgan vaqti uchun xodimga ushbu Kodeksning 257-moddasiga muvofiq hisoblab chiqariladigan o‘rtacha ish haqining saqlanishi kafolatlanishi belgilangan.

Bunda o‘rtacha ish haqi hisoblanadigan oydan oldingi o‘n ikki oyni tashkil etuvchi hisob-kitob davri yoxud agar xodim o‘n ikki oydan kam ishlagan bo‘lsa, amalda ishlangan davr uchun xodimga hisoblangan ish haqidan kelib chiqqan holda belgilanadi (MK 257-m 1-qism).

Shu qoidaga ko‘ra xodimning o‘rtacha oylik ish haqini hisoblashda u 12 oydan ortiq ishlagan bo‘lsa, uning ta’tilga chiqishdan oldingi 12 oylik davrda korxonadan olgan barcha to‘lovlari (ish haqi, ustama, moddiy yordam, mukofot puli va boshqalar) qo‘shilgan holda 12ga bo‘linadi. Xodimga to‘langan ta’til puli ichida unga avvalgi davrda to‘langan sinf rahbarlik uchun qo‘shimcha to‘lov ham qo‘shiladi.

 

 

 

Chinoz tuman adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev