Янгиликлар
Qarz shartnomasi
Qarz shartnomasi
Fuqarolik kodeksining 733-moddasiga ko‘ra fuqarolar o‘rtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’i nazar, yozma shaklda tuzilishi shart.
Mana shu qoidaga ko‘ra hozirda 3300000 so‘mdan ortiq qarz shartnomasi albatta yozma shaklda tuzilishi kerak.
Ushbu kodeks 110-moddasi mazmuniga ko‘ra shartnoma taraflardan birining talabi bilan notarial tasdiqlanishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14.09.2021 yildagi PF-6313-son Farmoni 2-bandiga ko‘ra jismoniy shaxslarga qarz shartnomalarini notarial tasdiqlash orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz berish va qaytarib olishga ruxsat berilgan.
Shunga ko‘ra siz AQSh dollarida qarz berishingiz va uni AQSh dollarida qaytarishni talab qilishingiz mumkin.
Faqat qarz berishdan oldin qarz oluvchi odamning to‘lovga qobilyati borligi, qarzni qaytarish imkoniyati mavjudligi (rasmiy daromad manbasi yoki uning nomida mol-mulk bo‘lishi)ga e’tibor bering! Chunki ertaga qarzni qaytarish muddati kelganda bu sizga muammo bo‘lishi mumkin.
Agar imkoni bo‘lsa, qarz oluvchidan qarzni qaytarilishini ta’minlash evaziga biron mulkini garovga qo‘yishini so‘rang!
Shunda u pulni o‘z vaqtida qaytarmaganda undiruvni garov obektiga qaratish mumkin.
Chinoz tuman adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev