Янгиликлар
Xodim necha stavka ishlay oladi.
Xodim necha stavka ishlay oladi.
Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq 1 stavkadan ortiq ishlashga cheklov qo‘yilmagan.
Mehnat kodeksining 184-moddasiga ko‘ra ishi yuqori darajadagi ruhiy, aqliy va asabiy zo‘riqish bilan bog‘liq bo‘lgan, ya’ni alohida xususiyatga ega bo‘lgan tibbiyot xodimlari, pedagoglar va boshqa toifadagi xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga ko‘pi bilan o‘ttiz olti soat qilib belgilanadi.
Mana shu qoidaga ko‘ra to‘liq stavkada ishlayotgan tibbiyot xodimlarining haftalik ish soati 36 soatdan oshmasligi kerak. Boshqacha aytganda 1 stavka ishlayotgan tibbiyot xodimi 1 haftada 36 soat ishlashi lozim.
Endi qarang! Ushbu kodeks 206-moddasida ishning tugashi va uning keyingi kuni (smenada) boshlanishi o‘rtasidagi har kungi (smenalar oralig‘idagi) dam olish davomiyligi, shu jumladan dam olish va ovqatlanish uchun tanaffus o‘n ikki soatdan kam bo‘lishi mumkin emasligi belgilangan.
Qoidaning mazmuniga ko‘ra xodimning bir ish kuni bilan ikkinchi ish kuni o‘rtasidagi dam olish vaqti 12 soatdan kam bo‘lmasligi shart. Agar qoidani teskarisiga o‘giradigan bo‘lsak, unda xodim 1 kunda 12 soatgacha ishlashi mumkin. Mehnat qonunchiligida xodimlarning stavkasiga oid aniq qoida belgilanmagan. Xodimlarning stavkasi yuqoridagi ikki qoida bilan aniqlanadi.
Demak, tibbiyot xodimi to‘liq stavkada haftasiga 36 soat, agar u 1.5 stavka ishlaydigan bo‘lsa, haftasiga 54 soat ishlashi mumkin. Hech qanday cheklov mavjud emas.
Chinoz tuman adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev