Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Shaxsni haqorat qilish


Shaxsni haqorat qilish

O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko‘ra har qanday holatda ham shaxsni haqorat qilish, unga tuhmat qilish taqiqlangan. Bu huquq hech kimga berilmagan.

Aksincha mazkur qilmishlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan ma’muriy va jinoiy javobgarlik choralari belgilangan.

Xususan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 41-moddasiga muvofiq haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, ushbu kodeks 40-moddasida Tuhmat, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 60 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi mustahkamlab qo‘yilgan.

Endi qarang! agar yuqoridagi qilmishlar ma’muriy jazo qo‘llanilgandan keyin 1 yil davomida qayta sodir etilsa unda bu qilmishlarga nisbatan jinoiy javobgar chorasi qo‘llanadi. (Jinoyat kodeksi 139-moddasi tuhmat, 140-moddasi haqorat)

 

 

Chinoz tuman adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev