Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Ta’lim krediti


Ta’lim krediti

Vazirlar Mahkamasining 527-son qarorida, ta’lim krediti olish uchun talab etiladigan xujjatlar ro‘yxati keltirilgan bo‘lib, ko‘rsatilgan boshqa xujjatlar qatorida birgalikda kredit oluvchi (Kafil)ga tegishli ma’lumot va hujjatlar talab etilishi belgilangan.

Qarorda birgalikda kredit oluvChI deyilgan oluvchiLAR emas. Ya’ni, kafil bittadan ortiq bo‘lishi kerak deyilgan joyi yo‘q qarorning. Bank bu holatda o‘zimizning ichki xujjatlarimizga asosan ish ko‘ryapmiz deb o‘zini oqlamoqchi bo‘lishi mumkin. Lekin, ta’lim kreditining asosiy qarzi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. 7 yil uzoq muddat. ta’lim krediti 1-2 yilda qaytarib berilishi kerak bo‘ladigan kredit turi emas. Ta’lim krediti uchun beriladigan pul xam katta miqdorda emas. Bu degani bu kreditni berish uchun banklar kafilni bittadan ortiq bo‘lishini talab qilishi noto‘g‘ri holat. Bu shundoq xam qiyin bo‘lgan ishni yanada murakkablashtirishdan boshqa narsa emas...

 

 

Chinoz tuman adliya bo’limi

yuridik xizmat ko’rsatish markazi

bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev