Янгиликлар
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi
Vazirlar Mahkamasining 12.04.2018 yildagi 285-son qarorida, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi belgilangan.
Qarorga ko‘ra,
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga beriladigan arzon uy-joylar to‘lovining;
10 foizi boshlang‘ich badal sifatida Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi, talabgor ishlayotgan tashkilot va boshqa manbalar hisobiga;
90 foizi esa banklarning imtiyozli ipoteka kreditlari hisobiga qoplanadi.
Bu degani yuqorida ko‘rsatilgan toifadagi ayollarga olayotgan uy-joyi uchun 10% boshlang‘ich badal to‘lab beriladi va uy-joyning boshlang‘ich to‘lovdan qolgan qismi esa ularga 20 yil davomida to‘lashi uchun imtiyozli shartlar asosida ipoteka krediti qilib beriladi.
Shuningdek qarorda yana bir norma bor. Unga ko‘ra, agar talabgor kam ta’minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditni qoplashga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, «Mahalla» xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga uning ipoteka krediti to‘lab borilishi mumkin.
Chinoz tuman adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi
bosh yuriskonsulti J.Muhammadiyev