Янгиликлар
OʻZBEKISTONDAGI XORIJIY OTMLARNING DIPLOMI TAN OLINMAYDIMI?
OʻZBEKISTONDAGI XORIJIY OTMLARNING DIPLOMI TAN OLINMAYDIMI?
"Taʼlim toʻgʻrisida"gi Qonunning 23-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalariga Oʻzbekiston Respublikasi hududida taʼlim faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga doir ruxsatnomalar beradi.
Qonunning 29-moddasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy davlatlar taʼlim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Eʼtibor bering! Qonunning 30-moddasiga binoan xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining, shuningdek xalqaro tashkilotlarning taʼlim muassasalari filiallari (markazlari, taʼlim kampuslari) va boshqa boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilinishi mumkin.
Demak tegishli ruxsatnomaga yoki litsenziyaga ega boʻlmagan Oʻzbekistondagi xorijiy OTMlar yoki ularning filiallari faoliyati qonuniy hisoblanmaydi.
Bizdagi ayrim maʼlumotlarga koʻra Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan ayrim xorijiy OTMlarning filiali diplomi tan olinmas ekan. Chunki ularda nodavlat taʼlim xizmatlari koʻrsatish uchun ruxsat yoʻq.
Agar tahsil olsangiz ham ertaga sizga bergan diplomi tan olinmaydi va ishga ham kira olmaysiz.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Sh.Mirzaaxmedov