Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

To’lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi


To’lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

2023/2024 o’quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlarda ham bazaviy to’lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o’quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shuningdek, 2023/2024 o’quv yili tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt miqdorlari o’tgan o’quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o’zgarishsiz qoladi.

☑️ 2023/2024 o’quv yili qabulida to’plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o’quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o’qitish qiymatining 50 foizini to’laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

???? Tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to’lov-kontrakt qiymatini 2023 yil 15 oktyabrgacha to’liq to’lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma beriladi.

Bo’stonliq tumani adliya bo’limi

YuXKM bosh yuriskonsulti

Shukurov Mashrab Xafizovich