Янгиликлар
DAVLAT TIBBIYOT MUASSASALARINING KADRLAR BILAN TAʼMINLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOKDA
DAVLAT TIBBIYOT MUASSASALARINING KADRLAR BILAN TAʼMINLASH TIZIMI TAKOMILLASHTIRILMOKDA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 3-oktyabrdagi 561-son karori bilan davlat tibbiyot muassasalarini kadrlar bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish, tibbiyot oliy taʼlim muassasalari talabalarining tahsil olish jarayonida mehnat faoliyati bilan shugʻullanishlari va munosib daromad olishlari uchun qoʻshimcha sharoitlar yaratish, ularning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish va oʻqishdan boʻsh vaqtlarini samarali tashkil etish, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, shuningdek barcha tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” taʼlim yoʻnalishlari bitiruvchi kurs talabalari uchun oʻquv yilining birinchi semestri (5 oy) davomida doimiy yashash joylaridagi tibbiyot muassasalarida amaliyot oʻtashini, rejadagi maʼruza va oʻquv mashgʻulotlarining nazariy qismini masofaviy shaklda olib borilishini joriy qilish kursatilgan.
Shuningdek, Karor bilan tibbiyot muassasalarining tajribali shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining masʼul professor-oʻqituvchilari ustoz-shogird tizimi asosida talabalar, magistr va klinik ordinatorlarga biriktirishi;
talabalar, magistr va klinik ordinatorlar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam sifatiga ularga biriktirilgan tibbiyot muassasalarining shifokorlari hamda tibbiyot oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari bevosita masʼul etib belgilanishi;
talabalarga biriktirilgan shifokorlar har ish kuni yakuni boʻyicha talabalar tomonidan aholiga koʻrsatilgan tibbiy yordam yuzasidan muhokama oʻtkazadi va ularga tegishli tavsiyalar berib borishi belgilangan.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi
ULUGBEK Tulaganov