Янгиликлар
Mehnatga layoqatsizlik nafaqasidan soliq undirilmaydimi?
Mehnatga layoqatsizlik nafaqasidan soliq undirilmaydimi?
SOʻRAGAN EDINGIZ:
Davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida»gi nizomga (roʻyxat raqami 1136, 08.05.2002-y.) 27-bandiga asosan ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar:
• sil kasalligi, onkologiya kasalliklari;
• yangidan paydo boʻladigan xatarli oʻsimtalar;
• jinsiy yoʻl bilan oʻtadigan kasalliklar;
• SPID, moxov (lepra) kasalligi, ruhiy kasalliklar boʻyicha hisobda turgan xodimlarga ular tomonidan davlat ijtimoiy sugʻurta badali toʻlagan davrining (umumiy ish stajining) davomiyligiga bogʻliq ravishda vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqasi quyidagi miqdorlarda toʻlanadi:
a) umumiy ish staji 8 yil va undan ortiq boʻlgan xodimlarga ish haqining
100 foizi miqdorida;
b) umumiy ish staji 5 yildan 8 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining
80 foizi miqdorida;
v) umumiy ish staji 5 yilgacha boʻlgan xodimlarga ish haqining 60 foizi miqdorida.
Yuqoridagi qoidalarga koʻra siz yuqoridagi ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan kasalliklar bilan kasallangan boʻlsangiz, unda sizga 100 foiz mehnatga layoqatsizlik nafaqasi beriladi.
Soliq kodeksining 378-moddasida jismoniy shaxslarning soliq solinmaydigan daromadlari roʻyxati belgilangan.
Biroq ushbu roʻyxat ichida soliq toʻlovchiga toʻlangan mehnatga layoqatsizlik nafaqasi keltirilmagan.
Shu tufayli ham mehnatga layoqatsizlik nafaqasi soliqdan ozod qilinmaydi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Shuxrat MIRZAAXMEDOV