Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

OʻQITUVCHILARDAN SINF XONALARNI BEZASH VA UNGA PUL YIGʻISHNI TALAB QILISH TOʻGʻRIMI?


OʻQITUVCHILARDAN SINF XONALARNI BEZASH VA UNGA PUL YIGʻISHNI TALAB QILISH TOʻGʻRIMI?

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumtaʼlim maktabi toʻgʻrisida”gi nizomning 9-bobi maktablarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga bagʻishlangan. Mazkur bobda maktabning moliyaviy mablagʻi davlat byudjeti va maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi oʻz mablagʻlari hisobiga shakllantirilishi belgilangan.

Maktabning oʻz mablagʻlari quyidagi asosiy manbalar hisobiga shakllanishi mumkin:

-maktabning xoʻjalik faoliyatidan, maktab tomonidan koʻrsatilgan pulli xizmatlardan, maktab binosi va jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar;

-davlat, tashkilotlar, ota-onalar va boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallari;

-maktab ustaxonalari, maktab uchastkasi va issiqxonalari mahsulotlarini sotishdan tushgan daromadlar.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 203-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili 1-avgustga qadar:

-maktablarning malakali pedagog kadrlar, oʻquv-uslubiy adabiyotlar va didaktik materiallar, oʻqitishning texnik va axborot vositalari bilan taʼminlanishini;

-umumiy oʻrta taʼlim tizimi taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini tayyorlashni, oʻquvchilar uchun zarur sanitariya-maishiy va ijtimoiy sharoitlar yaratilishini taʼminlashlari kerakligi belgilangan.

Demak, umumtaʼlim maktablarini taʼmirlashni tashkil etish va ularning muddiy-texnik bazasini tayyorlash tegishli tartibda tuman(shahar) hokimlarining majburiyati hisoblanadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 16-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasasining kuzatuv kengashi haqida”gi naʼmunaviy nizomning 31-bandiga muvofiq taʼlim muassasasida oʻquvchilar va ularning ota-onalaridan turli xil sabablar bilan Kengash aʼzolari, taʼlim muassasasi rahbari va boshqa xodimlari tomonidan pul mablagʻlarini yigʻish qatʼiyan taqiqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019-yil 393-sonli buyrugʻiga asosan umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilarning asosiy vazifalari belgilab berilgan. Ushbu vazifalar ichida sinf xonasini yoki maktabning maʼlum bir qismini taʼmirlash haqida biror bir qoida belgilanmagan.

Shunday ekan oʻqituvchidan remont uchun pul yigʻishni yoki remont qilishini talab etish noqonuniydir!

Shohruhbek YUNUSOV,

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti