Янгиликлар
Ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda maktabga kelishlarini taʼminlashi shart
Ota-onalar farzandlarini muntazam ravishda maktabga kelishlarini taʼminlashi shart
“Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunning 51-moddasiga muvofiq voyaga yetmagan taʼlim oluvchilarning ota-onasi va boshqa qonuniy vakillari bolaning oʻqishi, tarbiyalanishi, jismoniy, maʼnaviy va intellektual rivojlanishi uchun masʼuldir.
Unutmang, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasiga muvofiq ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, shu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga olib kelishi 300 ming soʻmdan 1 mln 500 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulʼti
Shuxrat MIRZAAXMEDOV