Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

SUPER KONTRAKT UCHUN TOʻLANGAN PULDAN SOLIQNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?


SUPER KONTRAKT UCHUN TOʻLANGAN PULDAN SOLIQNI QAYTARIB OLISH MUMKINMI?

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan solqi toʻlovchining Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish (oʻzining, shuningdek yigirma olti yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlovga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari soliqdan ozod qilinadi. Demak, bu imtiyoz faqat ota-onaga ular farzandlarining kontrakti uchun toʻlagan daromadlariga nisbatan qoʻllaniladi.

Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun yoʻnaltiriladigan mablagʻlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha imtiyozni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (Roʻyxat raqami 2107) 16-bandiga asosan Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida oʻqish uchun toʻlov jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda (naqd pul hisobiga, jismoniy shaxslarning banklardagi omonat va boshqa hisob raqamlaridan yoki plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oshirilganda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 396—398-moddalarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlariga jismoniy shaxsning jami yillik daromadi toʻgʻrisidagi deklaratsiyani topshirish yoʻli orqali berilishi mumkin. Mazkur qoidaning mazmuniga muvofiq fuqaro soliq organiga deklaratsiya topshirishi talab etiladi.

Bunda, soliq chegirmasi Oʻzbekiston Respublikasining professional va oliy taʼlim tashkilotlarida taʼlim olish uchun haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar summasiga, soliq davri uchun koʻrsatilgan jismoniy shaxsning jami yillik daromadi miqdorida beriladi.

Shunga koʻra, super kontrakt uchun toʻlangan puldan soliq imtiyozi kontrakt uchun toʻlangan hamma summaga emas, kontrakt toʻlagan shaxsning jami yillik daromadlari miqdorida beriladi!

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulʼti

Shoxruxbek YUNUSOV