Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

1) Oʻqituvchilar uchun qanday turdagi ustamalar bor? Ularning miqdori qancha? Qanday holatlarda ustama toʻlanadi? Ushbu sahifada maktab oʻqituvchilari uchun ustama turlarini koʻrib chiqamiz.


Oʻqituvchilar uchun qanday turdagi ustamalar bor? Ularning miqdori qancha? Qanday holatlarda ustama toʻlanadi? Ushbu sahifada maktab oʻqituvchilari uchun ustama turlarini koʻrib chiqamiz.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-yanvardagi “Olis hududlardagi byudjet tashkilotlariga malakali mutaxassislarni jalb qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 4940-son qaroriga muvofiq:

- bir maʼmuriy-hududiy birliklar doirasida boshqa tuman va shaharlardan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 50 foiz;

- boshqa maʼmuriy-hududiy birlikdan kelib faoliyat yuritayotgan oʻqituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz ustama.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 5117-son qaroriga muvofiq:

- taʼlim muassasalarining kamida S1 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatga ega xorijiy tillar (ingliz, fransuz, nemis, ispan, italyan, arab, xitoy, yapon, koreys, turk, fors, pushtu, dari, urdu, hind) oʻqituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz ustama.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 4306-son qaroriga muvofiq:

- xalqaro olimpiadalar gʻoliblarini tayyorlagan oʻqituvchilar va taʼlim muassasasi direktorlariga navbatdagi oʻquv yili uchun direktor jamgʻarmasidan oltin, kumush va bronza medallari boʻyicha tegishincha 150, 175, 200 foiz

Taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib faoliyat yuritayotgan:

- xalqaro olimpiadalar gʻoliblari lavozim maoshiga 150 foiz;

- asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblari lavozim maoshiga 100 foiz ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 1-apreldagi “Qishloq joylardagi bolalar sporti obyektlarida band boʻlgan ayol sport ustozlari mehnatini ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ – 1315-son qaroriga muvofiq:

- qishloq joylardagi umumtaʼlim maktablarida jismoniy tarbiya oʻqituvchisi hamda sport ustozi boʻlib ishlayotgan ayollarning tarif stavkalariga har oyda 15 foiz ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 — 2026-yillarda xalq taʼlimini rivojlantirish boʻyicha milliy dasturni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF – 134-son qaroriga muvofiq:

- xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega boʻlgan pedagog kadrlarga — ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi “Xalq taʼlimi vaziri jamgʻarmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 425-son qaroriga muvofiq:

- kasbiy mahoratini baholash boʻyicha oʻtkazilgan test va suhbat natijalariga koʻra eng yuqori ball toʻplagan malakali pedagog kadrlarga mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi “Alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalarga taʼlim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 638-son qaroriga muvofiq:

- inklyuziv taʼlim sinflari oʻqituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda toʻlanadigan ustama haqi sinfda alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bir nafar bola uchun lavozim maoshining 10 foizdan — 40 foizgacha ustama

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi “Olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning mehnatini yanada ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi 471-son qaroriga muvofiq:

- olis hududlarda joylashgan umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida boshqa hududlardan kelib faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning bazaviy tarif stavkalariga ish stajidan kelib chiqib 10 foizdan — 50 foizgacha ustama.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulʼti

Muzaffar TURMATOV