Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

MAKTAB RAHBARIYATI OʻQUVCHILARDAN OʻQITUVCHILAR TOʻGʻRISIDA ANONIM SOʻROVNOMALAR OLISHI TOʻGʻRIMI?


 MAKTAB RAHBARIYATI OʻQUVCHILARDAN OʻQITUVCHILAR TOʻGʻRISIDA ANONIM SOʻROVNOMALAR OLISHI TOʻGʻRIMI?

Soʻragan edingiz....

Birinchidan, Taʼlim toʻgʻrisidagi qonunda maktab rahbariyatining bunday harakatlariga cheklov oʻrnatilmagan.

Ikkinchidan, Xalq taʼlimi vazirligining 07.12.2019-yil 393-sonli buyrugʻi hamda Xalq taʼlimi vazirligining 01.07.2021-yil 206-sonli buyrugʻiga asosan direktorning oʻquvchilarning bilimlari sifatini davlat taʼlim standartlariga mos kelishini, tarbiyaviy ishlar samaradorligini taʼminlash va nazorat qilish, oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishini yaxshilash va ularga sifatli taʼlim berish maqsadida maktabni uzluksiz rivojlantirish choralarini koʻrish lavozim majburiyati belgilangan.

Oʻquv ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari(OʻIBDOʻ)ning maktabda taʼlim standartlari talablari bajarilishini nazorat qilish, oʻqituvchilarning ilgʻor tajribalarini oʻrganish va umumlashtirishni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishni tashkil etish majburiyati belgilgan.

Maʼnaviy-maʼnaviy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari(MMIBDOʻ)ning lavozim majburiyatlari qatorida taʼlim muassasasida maʼnaviy-axloqiy tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish, pedagog xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyishda ishtirok etish, yuqori malakali oʻqituvchilarning ilgʻor pedagogik tajribasini oʻrganish, umumlashtirish va ularni ommalashtirish kabilar mavjud.

Shuningdek, psixologning oʻquvchilar rivojlanishiga toʻsqinlik qilayotgan omillarni aniqlash va turli koʻrinishdagi psixologik yordam berish, turli yoʻnalish va maqsadlarda psixologik tashxis oʻtkazish, ruhiy, jismoniy va aqliy qobiliyat, moyillik, imkoniyat kabi sifatlarni aniqlash uchun testlar oʻtkazish kabi majburiyati belgilangan.

Ushbu shaxslar yuqoridagi majburiyatlarni bajarish uchun sinflarda oʻquvchilar anonim soʻrovnomalar oʻtkazishga haqli.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

yetakchi maslahatchisi

Jaxongir MIRXAITOV