Янгиликлар
QANDAY QILIB Ye-AUKSIONDAN YER SOTIB OLISH MUMKIN?
QANDAY QILIB Ye-AUKSIONDAN YER SOTIB OLISH MUMKIN?
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga
3-ilova bilan tasdiqlangan "Yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibi toʻgʻrisida" gi nizomning 2-bandiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun 0,04 gektargacha (4 sotix) yer uchastkalari elektron onlayn-auksion orqali mulk huquqi asosida realizatsiya qilish mumkin.
Buning uchun nima qilish kerak?
Elektron onlayn-auksionda ishtirok etish uchun talabgor https://auth.e-auksion.uz/registration orqali roʻyxatdan oʻtishi lozim va talabgor savdo platformasida ochilgan hisobvaragʻiga xabarnomada koʻrsatilgan zakalat miqdoridan kam boʻlmagan mablagʻni kiritgan holda auksion yoki tanlovda qatnashish uchun ariza beradi.
Auksion oʻtkaziladigan kun toʻgʻrisida xabarnoma va lotga oid axborot savdo platformasida eʼlon qilingandan kamida oʻttiz kun oʻtgandan keyingi ish kuniga belgilanadi. Bayram va dam olish kunlarida auksionlar oʻtkazilmaydi va auksionda kamida 2 kishi qatnashishi lozim.
Yuqoridagi nizomning 33-bandiga koʻra Savdo platformasida lot qiymati toʻliq toʻlanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari boʻyicha auksion gʻolibi tomonidan operatorning xizmat haqi uchun yetarli mablagʻ besh ish kuni ichida toʻlangandan soʻng keyingi ish kunidan koʻchiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
M.Turmatov