Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Soʻragan edingiz....


Soʻragan edingiz....

Kadrlar boʻyicha menejer Xalq taʼlimi vazirining 2021-yil 1-iyuldagi 206-sonli buyrugʻiga koʻra quyidagi funksiyalarni bajaradi.

Taʼlim muassasasida xodimlar shaxsiy tarkibining hisobini yuritish; mehnatga oid qonun hujjatlariga muvofiq xodimlarning shaxsiy tarkibi boʻyicha buyruqlarni (ishga qabul qilish, boshqa ishga oʻtkazish, mehnat shartnomasini bekor qilish, mehnat taʼtili berish va h.k.) rasmiylashtirish va ularning belgilangan tartibda saqlanishini taʼminlash;

xodimlarni muassasaning ichki mehnat tartibi qoidalari bilan tanishtirish; xodimlarning shaxsiy ish jildlarini (T-2 kartochkalar, mehnat daftarchalari, mehnat shartnomalari va h.k.) shakllantirish va yuritish, ularga oʻz vaqtida xodimlarning faoliyati bilan bogʻliq oʻzgartirishlarni kiritish;

xodimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning "Yagona milliy mehnat tizimi" idoralararo dasturiy-apparat kompleksiga, shuningdek, vazirlikning elektron maʼlumotlar bazasiga sifatli kiritilishi va oʻz vaqtida yangilab borilishini taʼminlash, mehnat daftarchalari yuritilishi, hisobga olinishi va saqlanishini taʼminlash;

boʻsh (vakant) ish oʻrinlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar haqida ish.mehnat.uz hamda vazirlikning ish.uzedu.uz sayti orqali eʼlon berish; xodimlarga taʼtil berish hisobini yuritish, taʼtillar jadvalini tuzish;

taʼlim muassasa xodimlariga pensiyalar tayinlash, imtiyozlar va kompensatsiyalar belgilash uchun zarur hujjatlarni rasmiylashtirish;

xodimlarning qoʻnimsizligi sabablarini oʻrganish, uni pasaytirish boʻyicha muassasa direktoriga takliflar kiritish;

kadrlarga oid hujjatlarni belgilangan joriy saqlash muddatlari tugagach, uni doimiy saqlash uchun arxivga topshirish tayyorlash;

taʼlim muassasasida mehnat intizomining holati va xodimlar tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, mehnat intizomi buzilishlarining hisobini yuritish;

taʼlim muassasalarini pedagog kadrlar bilan taʼminlash, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini jalb etish choralarini koʻrish yuzasidan turli tadbirlarda ish beruvchi vakili sifatida ishtirok etish;

maktab direktorining koʻrsatmasi asosida ish faoliyati davomida erishib kelayotgan yutuqlari uchun pedagoglar tarkibidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlari va vazirlikning tarmoq mukofotlari bilan taqdirlash boʻyicha nomzodlarning hujjatlarini tayyorlash, oʻrnatilgan tartibda tuman (shahar) xalq taʼlimi boʻlimiga taqdim etilishini taʼminlash;

taʼlim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini hurmat qilish;

taʼlim muassasa obroʻsi va shaʼniga putur yetkazishi mumkin boʻlgan maʼlumotlarni tarqatmaslik hamda davlat siriga kiritilgan maʼlumotlar va maxfiy axborot bilan ishlashda qonun hujjatlari talablariga rioya qilish;

taʼlim muassasasi ustavi, kasbiy odob-axloq qoidalari, sanitariya-gigiyena, ichki mehnat tartibi, mehnatni muhofaza qilish, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari talablariga rioya qilish;

foydalanish uchun oʻziga topshirilgan mebel, xona jihozlari, tashkiliy va maishiy texnikadan oqilona foydalanilishi va but saqlanishini hamda oʻzi ish olib boradigan xonada yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilinishini taʼminlash;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor) oʻz majburiyatlarini samarali bajarish maqsadida boshqa boʻlinmalar (xodimlar)dan tegishli maʼlumot va axborotlarni soʻrab olish huquqiga ega.

Kadrlar boʻyicha menejer (inspektor)ga ushbu lavozim majburiyatlariga daxldor boʻlmagan boshqa vazifa va funksiyalar yuklatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi Tulaganov Ulugbek