Янгиликлар
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi
Giyohvandlik vositalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi belgilandi
“Tezkor-qidiruv faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-iyuldagi qaroriga muvofiq, shuningdek, tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazish jarayonida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini texnik vositalardan foydalangan holda tezkorlik bilan tekshirishni tashkil etish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 12-yanvarda 12-son qarori bilan Tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ularning analoglari, prekursorlar, kuchli taʼsir qiluvchi moddalar hamda valyuta namunalarini ekspress tekshirish jarayonida texnik vositalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.
Qayd etish joizki, 2023-yil 1-iyuldan tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar:
giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bogʻliq holatni qayd etishda aniqlangan modda (buyum)ning giyohvand vositasiga taalluqli ekanligiga shubha paydo boʻlganda;
aniklangan modda (buyum)ni giyohvandlik vositalarining qaysi turiga mansubligi boʻyicha savol tugʻilganda;
giyohvandlik vositalarining yangi turlari aniqlanganda;
tezkor-qidiruv tadbirlarini oʻtkazishda aniqlangan valyuta namunasi qalbaki ekanligiga shubha paydo boʻlganida;
tezkor-qidiruv tadbirlari davomiyligini taʼminlash zarurati yuzaga kelganda, tezkorlikni amalga oshirish hamda tegishli vaqtni tejash maqsadida mazkur modda (buyum) yoki valyuta namunalarini ular aniqlangan joyning oʻzida yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlar binosida ekspress tekshirish texnik vositalari yordamida tekshiradi.
Ekspress tekshirish texnik vositasidan foydalanilgan har bir yuqoridagi holatning foto va videotasvirlari hisobotining yuritilishini taʼminlash maqsadida ular alohida yigʻmajild koʻrinishida 2 yil davomida saqlanadi.
Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi
YUXKM bosh yuriskonsulti
Shoxruxbek YUNUSOV