Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi belgilandi


Diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi belgilandi

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti faoliyatini tizimli isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2022-yil 23-iyuldagi PQ-330-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori (8-son, 10.01.2022-y.) bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti huzuridagi Diplomatik akademiyada diplomatik lavozimlarga tayinlanadigan nomzodlarni oʻqitishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi

Nizom bilan quyidagi lavozimlarga tayinlash maqsadida kadrlar zaxirasiga tanlangan shaxslar (nomzodlar) Diplomatik akademiya oʻquv kurslarida malaka oshirish uchun yuboriladi:

- Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi;

- Oʻzbekistonning xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili;

- Bosh konsul, konsul;

- Oʻzbekistonning xorijiy mamlakatlardagi diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalardagi maslahatchi-vakili, maslahatchisi (shu jumladan, savdo-iqtisodiy masalalar boʻyicha), birinchi kotibi, ikkinchi kotibi, uchinchi kotibi, attashesi.

Oʻquv kurslarining maqsadi diplomatik kadrlar zaxirasi uchun tanlanadigan shaxslarning kasbiy bilim, malaka va koʻnikmalarini takomillashtirish hisoblanadi.

Oʻquv kurslari anʼanaviy va masofaviy shakllarda tashkil etiladi.

Oʻquv kurslari tinglovchilari oʻqishni tugatgandan soʻng yakuniy imtihon topshiradi.

Imtihondan muvaffaqiyatli oʻtgan tinglovchilarga davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

 

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti

Muzaffar TURMATOV