Янгиликлар
Assalomu aleykum. Oʻqituvchilarga avgust oyi uchun xam ustama toʻlanadimi. Vazirlar mahkamasining 140 sonli buyrugʻiga asosan oʻquv yili 2-sentabrdan 2-mayigacha deyilgan ustama esa oʻquv yili davomida toʻlanadi deyilgan. Bizga 25-maygacha ustama berilis
Assalomu aleykum. Oʻqituvchilarga avgust oyi uchun xam ustama toʻlanadimi. Vazirlar mahkamasining 140 sonli buyrugʻiga asosan oʻquv yili 2-sentabrdan 2-mayigacha deyilgan ustama esa oʻquv yili davomida toʻlanadi deyilgan. Bizga 25-maygacha ustama berilishi kerakmi?
YURIST JAVOBI:
Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini ragʻbatlantirishning direktor jamgʻarmasini tashkil etish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibi toʻgʻrisida”nizom 21-bandiga asosan:
umumtaʼlim muassasalari pedagog xodimlarining bazaviy tarif stavkalariga Jamgʻarma hisobidan har oylik ustamalar yangi oʻquv yili uchun oʻtgan oʻquv yili yakunlari boʻyicha belgilanadi.
Eʼtibor bergan boʻlsangiz, qoidada ustama “oʻquv yili uchun” tayinlanishi qayd etilgan.
Endi qarang! Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qaroriga 1-ilovada tasdiqlangan Umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi Nizom 24-bandiga koʻra oʻquv yili umumtaʼlim muassasalarida 2-sentyabrdan kelgusi yilning 25-mayiga qadar davom etadi va toʻrtta chorakka boʻlinadi.
Shunga koʻra ustamalar oʻquv yili uchun beriladi.
Demak, avgust oyi uchun xodimlarga yuqoridagi ustama berilmaydi.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
yuridik xizmat koʻrsatish markazi
bosh yuriskonsulti
Sh.Yunusov