Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Men hozirda o'qituvchi bo'lib faoliyat yurityabman. Respublika fan olimpiadasida o'quvchim 1-o'rinni qo'lga kiritdi. Men 100 % ustama olsam bo'ladimi?


Men hozirda oʻqituvchi boʻlib faoliyat yurityabman. Respublika fan olimpiadasida oʻquvchim 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Men 100 % ustama olsam boʻladimi?

 

YURIST JAVOBI:

 

Agar oʻquvchingiz asosiy fan olimpiadasida 1-oʻrinni olgan boʻlsa, sizga ustama emas, pul mukofoti beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ – 4306-sonli "Iqtidorli yoshlarni aniqlash va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini tashkil etish chora- tadbirlari toʻgʻrisida" gi qarori 5-bandiga koʻra asosiy olimpiadalar respublika bosqichi gʻoliblarining oʻqituvchilari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi:

1-oʻrin uchun — 50 baravari(16 mln 500 ming soʻm);

2-oʻrin uchun — 35 baravari(11 mln 550 ming soʻm);

3-oʻrin uchun — 30 baravari(9 mln 900 ming soʻm) miqdorlarida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ushbu qoidaning mazmuniga koʻra sizga oʻquvchingiz respublika olimpiadasida 1-oʻrinni olgani uchun bir martalik BHMning 50 baravari miqdorida pul mukofoti beriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

Sh.Yunusov