Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ishdan boʻshashning umumiy asoslari


Ishdan boʻshashning umumiy asoslari

 

✅ Yangi Mehnat kodeksida mehnat shartnomasini bekor qilish, yaʼni ishdan boʻshatishning bir qator asoslari sanab oʻtilgan . Ular quyidagilardan iborat:

???? xodim va ish beruvchi kelishuvi boʻyicha;

???? mehnat shartnomasi muddati tugashi bilan ishdan boʻshash;

???? xodim oʻz xohishi bilan ishdan boʻshashi;

???? ish beruvchi tomonidan xodimni ishdan boʻshatish;

???? tashkilot egasi almashganda, u qayta tashkil etilganda, tashkilotning boʻysunuvi oʻzgarganda xodim ishni davom ettirishni rad etishi;

???? xodimning yangi mehnat shartlarida ishlashni davom ettirishni rad etishi;

???? xodimning ish beruvchi bilan birga boshqa joyga ishlash uchun koʻchishni rad etishi;

???? tibbiy xulosaga koʻra xodim sogʻligʻiga toʻgʻri keladigan boshqa ishga oʻtishni rad etishi yoki ish beruvchida xodimga mos boshqa ish boʻlmagan taqdirda;

???? xodim va ish beruvchi ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha;

???? yangi muddatga saylanmaganlik yoki tanlovdan oʻtmaganlik yoxud saylovda, tanlovda ishtirok etishni rad etish boʻyicha;

????alohida toifadagi xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarida ishdan boʻshatish asoslari mustahkamlangan asoslar boʻyicha.

 

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi

yuridik xizmat koʻrsatish markazi

bosh yuriskonsulti

M.Shukurov