Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

BILIB QOʻYGAN YAXSHI Xorijda oʻlimni qayd yetish


BILIB QOʻYGAN YAXSHI

Xorijda oʻlimni qayd yetish

Chet yelda vafot yetgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining oʻlimini qayd yetish marhum yashab turgan yoki oʻlim sodir boʻlgan joydagi Oʻzbekiston Respublikasining konsullik muassasasi tomonidan amalga oshiriladi.

Agar oʻlimni qayd yetish marhumning yashash joyidan boshqa okrugda amalga oshirilsa, u holda oʻlimni qayd yetgan konsullik muassasasi marhum hisobda turgan konsullik muassasasiga uning familiyasi, ismi, otasining ismi, oʻlgan sanasi, shuningdek oʻlim haqidagi dalolatnoma yozuvining raqami va oʻlim qayd yetilgan joy va sana koʻrsatilgan xabarnoma yuboradi.

Agar oʻlimni qayd yetishda marhumning homiysiz qolgan voyaga yetmagan bolalari borligi maʼlum boʻlsa, u holda konsul shu kunning oʻzidayoq bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga xabar beradi.

Oʻlim qayd yetilgandan keyin marhumning hujjatlari diplomatik pochta orqali Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga joʻnatiladi.

Bunda marhumning bekor qilingan pasporti keyinchalik qonunchilikda belgilangan tartibda yoʻq qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga joʻnatiladi.

Marhumning pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjatining yoʻqligi oʻlimni qayd yetish uchun toʻsiq boʻla olmaydi, bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabardor qilinadi.

Oʻzbekiston Respublikasi konsullik muassasalari tomonidan fuqarolik holatlari dalolatnomalarini qayd yetishda konsullik yigʻimi undiriladi.

 

Boʻstonliq tuman adliya boʻlimi YUXKM boshligʻi

U.A.Tulaganov