Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Sud yakuni boʻyicha davlat boji kim tomonidan undiriladi?


Sud yakuni boʻyicha davlat boji kim tomonidan undiriladi?

 

Koʻpchilik tadbirkorlar va tashkilot yuristlari sud yakuni boʻyicha sud xarajatlarini tomonlar oʻrtasida taqsimlanishi yuzasidan norozi boʻlib murojaat qilishadi. Mazkur postda atroflicha javob berib oʻtaman.

Iqtisodiy protsessual kodeksning 118-moddasida belgilangan umumiy qoidaga koʻra, Hal qiluv qarori oʻz foydasiga chiqarilgan tarafga ish boʻyicha qilingan barcha sud xarajatlarining oʻrni, garchi boshqa taraf davlat bojini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa ham ushbu boshqa taraf hisobidan qoplanadi.

Daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika byudjeti daromadiga undiriladi.

Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan mazkur toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida yuzaga kelgan boʻlsa, sud ishning natijasidan qatʼi nazar, sud xarajatlarini shu shaxsning zimmasiga yuklatishga haqli.

Daʼvogarning talablari u sudga murojaat qilganidan soʻng javobgar tomonidan ixtiyoriy ravishda qanoatlantirilsa, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatiladi.

Agar daʼvogar tomonidan bildirilgan neustoykani undirish haqidagi talab asosli boʻlib, biroq uning miqdori qonunchilikda belgilangan huquqdan foydalanilgan holda sud tomonidan kamaytirilgan boʻlsa, sud xarajatlarining kamaytirilishi hisobga olinmagan holda undirilishi lozim boʻlgan neustoyka summasidan kelib chiqqan holda, sud xarajatlari javobgarning zimmasiga yuklatilishi lozim.

Davlat boji toʻlashdan ozod qilingan davlat organlari hamda boshqa shaxslar tomonidan yuridik shaxslar va fuqarolarning manfaatlarini koʻzlab taqdim etilgan daʼvo talablarini qanoatlantirish rad etilgan yoki ular qisman qanoatlantirilgan taqdirda, davlat boji manfaatlari koʻzlanib daʼvo taqdim etilgan shaxslardan daʼvo talablarining qanoatlantirilishi rad etilgan qismiga mutanosib ravishda undiriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yurisonsulti

Sh.Mirzaaxmedov