Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ishdan boʻshayotgan xodim 14 kun ichida oʻz arizasini bemalol qaytarib olishga haqli

Ishdan boʻshayotgan xodim 14 kun ichida oʻz arizasini bemalol qaytarib olishga haqli

Qonunda belgilangan yoki xodim va ish beruvchi kelishuviga koʻra qisqartirilgan ogohlantirish muddati davomida xodim mehnat shartnomasi tugatilganligi haqida buyruq chiqarilgan boʻlishidan qatʼi nazar arizasini qaytarib olishga haqli. Xodimning oʻrniga boshqasini taklif etilganligi unga arizasini qaytarib olishni rad qilishga asos boʻlmaydi, chunki ish beruvchi faqat avvalgi xodim oʻrtasidagi mehnat shartnomasini bekor qilganidan keyingina, bu ish (lavozim)ga boshqa xodimni taklif qilishga haqli.

Ogohlantirish muddati oʻtgan boʻlsada, mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va mehnat munosabatlari davom etayotgan boʻlsa, xodimning mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi arizasi oʻz kuchini yoʻqotadi va bu arizaga koʻra mehnat shartnomasini bekor qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Oliy sud plenumidagi mazkur norma ishdan oʻz arizasiga koʻra boʻshatilgan xodimlarga juda qoʻl keladi va sudda xodimning "qoʻli" baland kelishini taʼminlaydi. Shunday holatlar boʻladiki, xodim oʻz arizasiga koʻra majburan ariza yozdiriladi va bu arizasini xarakatsiz qoldirish toʻgʻrisidagi arizasiga qaramasdan ish beruvchi tomonidan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Boʻstonliq tumani adliya

boʻlimi YUXKM boshligʻi

U.A.Tulaganov