Янгиликлар
MMIBDOʻ NECHI SOATGACHA DARS BERISHI MUMKIN?
MMIBDOʻ NECHI SOATGACHA DARS BERISHI MUMKIN?
Vazirlar Mahkamasining 275-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisida”gi nizomning 14-bandiga koʻra xalq taʼlimi muassasasining rahbar xodimi tomonidan asosiy lavozimning bir haftada 10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilishiga yoʻl qoʻyiladi.
“Umumtaʼlim muassasalarida sinflarni komplektlash hamda tarifikatsiya roʻyxatlarini shakllantirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 23-bandiga koʻra umumtaʼlim muassasasining rahbar xodimi (direktor va uning oʻrinbosarlari) tomonidan asosiy lavozimning bir haftada
10 soatgacha hajmda oʻqituvchi lavozimi bilan qoʻshib olib borilganligi hamda ular tomonidan bajarilgan dars soatlariga soatbay haq toʻlanganligi hududiy xalq taʼlimi boʻlinmalari va hududiy moliya organlari tomonidan oʻqituvchilarning tarifikatsiya roʻyxatiga kirilgan mezonlardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagilarga asosan 10 soatgacha boʻlgan miqdorda dars berishi mumkin.
Boʻstonliq tumani adliya
boʻlimi YUXKM boshligʻi
U.A.Tulaganov