Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Zagranpasport” necha yil muddatga beriladi?


Zagranpasport” necha yil muddatga beriladi?

 

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PQ-4079-son qarori bilan tasdiqlangan "Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijga chiqish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 7-bandiga asosan xorijga chiqish biometrik pasporti fuqarolarga quyidagi amal qilish muddatlariga beriladi:

➖tugʻilgan kunidan boshlab bir yoshgacha — ikki yil muddatga;

➖bir yoshdan 25 yoshgacha — 5 yil muddatga;

➖25 yoshdan oshgan shaxslarga — 10 yil muddatga.

Amal qilish muddati tugaganidan keyin xorijga chiqish biometrik pasporti maʼlumotlarni yigʻish punktiga topshiriladi.

Amal qilish muddati tugagan yoki yaroqsiz holatga kelgan, ammo ichiga qoʻyilgan xorijiy davlatlarga kirish vizalarining amal qilish muddati tugamagan xorijga chiqish biometrik pasportlari qayta rasmiylashtirilgan taqdirda, xizmatdan foydalanuvchining soʻroviga koʻra maʼlumotlarni yigʻish punkti xodimi tomonidan ushbu pasportga bekor qilinganligini ifodalovchi maxsus belgi qoʻyilgan holda, yangi xorijga chiqish biometrik pasporti bilan birga eski xorijga chiqish biometrik pasporti ham qaytarib beriladi.

 

Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi

YUXKM bosh yurisonsulti

Sh.Mirzaaxmedov