Янгиликлар
Bilasizmi:
Bilasizmi:
Ish beruvchi tashkilotda 5 kundan koʻp ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.
Xodimning yozma arizasiga koʻra asosiy ish joyidagi ish beruvchi mehnat daftarchasiga oʻrindoshlik asosida ishlagan va vaqtincha boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilgan davrlar haqidagi yozuvlarni kiritadi.
Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) mehnat daftarchasiga yozilmaydi.
Xodimga mehnat faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar xodim ishlayotgan vaqtda ariza berilgan kundan 3 ish kunida, ishdan boʻshaganda esa mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda berilishi kerak.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yurisonsulti
M.Shukurov