Янгиликлар
Oʻqituvchilar ishiga aralashgan mansabdorlar maʼmuriy qamoqqa olinishi mumkin
Oʻqituvchilar ishiga aralashgan mansabdorlar maʼmuriy qamoqqa olinishi mumkin
Pedagoglarning faoliyatiga taʼlim oluvchilar bilimini toʻgʻri va xolis baholashiga taʼsir koʻrsatish orqali aralashish yoki pedagogning xizmat vazifalarini bajarishiga toʻsqinlik qilish:
➖fuqarolarga BHMning 7 baravaridan 10 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima solishga sabab boʻladi.
Mazkur huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilsa:
➖fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi. ???? Ish beruvchi tashkilotda 5 kundan koʻp ishlagan barcha xodimlar uchun mehnat daftarchalarini yuritishi shart.
Boʻstonliq tumani adliya boʻlimi
YUXKM bosh yurisonsulti
M.Shukurov